Zikrulloh

Assalomu alaykum! Iltimos shu narsaga oydinlik kiritib beringlar. ❓Qanday qilib Alloh taolo g‘am-qayg‘ularingizga kifoya qilishi mumkin. ✅"Hasbiyallohu laa ilaha illa huva Alayhi tavakkaltu va huva Robbul ArshilAzim” ni 7 marta ayting. ❓Qanday qilib Jannatda uyingiz bo‘lishi mumkin ✅ Ixlos surasini 10 marta o‘qing ❓ Alloh qanday qilib gunohingizni mag‘firat etishi mumkin ✅"Astag‘firullohal Azimallazi laa ilaha illa huval Hayyul Qoyyum va atubuilayh”ni 3 marta ayting. ❓Qanday qilib Qur’oni karimni to‘liq qiroat qilganning ajrini olish mumkin ✅Yana Ixlos surasini 3 marta o‘qing. ❓Qanday qilib Jannatda xazinangiz bo‘lishi mumkin? ✅“Laa havla va laa quvvata illa billah” ni ayting. ❓Qanday qilib sizga Jannatda xurmo daraxti ekilishi mumkin? ✅“Subhanallohil Azim va bihamdih” deb ayting. ❓Qanday qilib har bir kalima uchun sizga Jannatda daraxt bo‘lishi mumkin ✅“Subhanallohi valhamdulillahi va laa ilaha illallohu vallohu Akbar”ni ayting. ❓Qanday qilib Rohmanning arshi misolidek hasanotga erishish mumkin ✅“Subhanallohi va bihamdihi va zinata arshihi” deb ayting ❓Qanday qilib gunohingiz dengiz ko‘pigicha bo‘lsada mag‘firat qilinadi ✅ “Subhanallohi vabihamdihi”ni 100 bor ayting. (va gunohlarga qaytmang) ❓ Alloh sizdan qanday rozi bo‘lishi mumkin ✅“Roziytu billahi Robban Va bil Islami diynan Va bi-Muhammadin sollollohu alayhi vasallama nabiyyan va rosulan” deb 3 marta ayting. ❓Qanday qilib 1000 yaxshilikka erishib, sizdan 1000 yomonlik o‘chirilishi mumkin ✅ “Subhanalloh”ni 100marta ayting. ❓ Qanday qilib har bir muslim va muslima, mo‘min va mo‘mina uchun yaxshilik qila olishingiz mumkin ✅“Allohummag‘fir liy valil muslimina val muslimat val mu’minina val mu’minat al-ahyau minhum mamat” ni o‘qing. ❓ Qanday qilib maxluqotlar adadicha, arsh og‘irligicha, Allohning rizosi va U Zotning so‘zlarining siyohi misolicha ajrga erishish mumkin ✅ “Subhanallohi vabihamdih adada xolqihi va rizo nafsihi va zinata arshihi va midada kalimatihi” ni 3 marta ayting. Shular xammasi togrimi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Har biriga hadis bor. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 20:47 | Savol-javoblar | 148 | Duolar
|
Boshqa savol-javoblar