Qurbonlik qilolmay qolsa
Assalomu alaykum! Men niyat qilgan edim shu yili qurbon xayitida qurbonlik qilaman deb, lekin korona virus sababli butun oila azolarimiz bilan kasalandik shu tufayli qurbonlik qila ololmadim. Shu kunlarda qurbonlik qilsam bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qurbonlik qilish ikki xil bo‘ladi. Agar qurbonlik nisobi sohibi bo‘lsangiz sizga qilish vojib bo‘ladi. O‘sha paytda qilmagan bo‘lsangiz hozir o‘rtacha, bir qo‘yni qiymatini faqir-miskinlarga tarqatib yuborishingiz shart bo‘ladi. Agar qurbonlik nisobi egasi bo‘lmay o‘zingiz “in sha Alloh qurbonlik qilaman”, deb nafl qurbonlik qilishni niyat qilgan bo‘lsangiz, sharoitingiz bo‘lmasa uni qilishga majbur emassiz. Lekin nazr qilib qo‘ygan bo‘lsangiz, qilishingiz shart bo‘ladi. Bu haqida “Kifoya” kitobidan shunday deyilgan:
Qurbonlikni nazr qiluvchi va uni sotib olgan kambag‘al tirikligicha sadaqa qilish bilan qazo qiladilar.
«Alloh taoloning yo‘lida qurbonlik qilaman», deb nazr atagan va o‘ziga vojib bo‘lmasa ham, «qurbonlik qilaman», deb hayvon sotib olgan odamlar vaqtida uni qila olmay, vaqtini o‘tkazib yuborsalar, hayvonni tirikligicha sadaqa qiladilar. Chunki ular bu ishni o‘zlariga o‘zlari vojib qilib olganlar.
Boy sotib olgan bo‘lsa ham, bo‘lmasa ham, qiymatini sadaqa qiladi.
Bir boy odam iyd kunlari qurbonlik qilish niyatida hayvon sotib olib qo‘ygan. Lekin qandaydir sabab bilan qurbonlik qilolmay qolsa, buning qazosini o‘sha hayvonning o‘zini emas, qiymatini sadaqa qilish bilan ado etadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 147 | Zakot