Bid’atlarga qarshi chiqish

Assalomu alaykum! To‘yimdan bir kun o‘tib kiyimlarim orasidan duo chiqdi. Duoyi fotiha o‘qib yoqdim. 2 kunlardan keyin xuddi shunaqa uch tugunli duo yana chiqdi. Erim hamma suralarini o‘qib darrov yoqib yubordi. Lekin baribir ketma ket bolam tushib kasalchilikdan boshim chiqmay qoldi. Uyimiz haqiqiy bid’at uyi. Qaynonamdan tortib hammasi folga majburlaydi kechirilmas gunoh aslo bormayman, tortishib qolaman, tovuq o‘tkazaman deb urishadi qo‘ymayman, namoz o‘qisak, sura eshitsak qaynotam urishadi haligacha. Faqat erimgina oldimni oladi. Folni, bid’atlarni qoralaydi. Ota-onasiga va boshqalarga tushintirishdan foyda yo‘q. Bunday vaziyatda ota-onaga qarindoshlarga qarshi chiqish mumkinmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Mumkin. عَنِ الْحَسَنِ قَالَ: قَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: لَا طَاعَةَ لِمْخْلُوقٍ فِي مَعْصِيَةِ الْخَالِقِ. رَوَاهُ ابْنُ أَبِي شَيْبَةَ. (متفق عليه) Hasandan rivoyat qilinadi:
“Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Xoliqning ma’siyatida maxluqqa itoat yo‘q» – dedilar”. Ibn Abu Shayba rivoyat qilgan. (Muttafaqun alayh)
Ya’ni, bandani rozi qilaman deb, Alloh taoloni norozi qiladigan narsani qilib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 16:28 | Savol-javoblar | 146 | Oila va turmush
|
Boshqa savol-javoblar