Urishib qolsa hadyasini qaytarib olish
Assalomu alaykum! Mani ishdagi ho‘jayinim kitob sotib olmoqchiligimni bilib qolib 200ming so‘m pul berdi, mandan sizga yordam deb ehson sifatida va boshqa yana oz bo‘lsada yordami tekkan joylari bor, ishdan chiqib ketyatganimda hafalashib qoldiq man bergan larimga rozi emasman dedi, bergan narslari moddiy ham ma’naviy ham bo‘lgan, rosa yalindim rozi bo‘lmadi, savol bergan yordamlari manga halolmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kishi ehson qiladigan bo‘lsa, Allohning roziligi uchun qilishi kerak bo‘ladi. O‘zi rozi bo‘lib bergan narsasini keyin rozi emasman deyishi qo‘yidagi hadisda vasfi kelgan holat kabi bo‘ladi. Agar u kishini siz xafa qilgan bo‘lsangiz, uzr so‘rab roziligini olib qo‘ying. Sizga ehson sifatida bergan narsalari sizga halol bo‘ladi. Imkoningiz bo‘lsa qaytarib bering.عَنِ ابْنِ عَبَّاسٍ رَضِيَ اللهُ عَنْهُمَا قَالَ: قَالَ النَّبِيُّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ: لَيْسَ لَنَا مَثَلُ السَّوْءِ، الَّذِي يَعُودُ فِي هِبَتِهِ كَالْكَلْبِ يَرْجِعُ فِي قَيْئِهِ Ibn Abbos roziyallohu anhumodan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizda yomon xislat bo‘lmaydi. Hibasini qaytib olgan qusug‘ini qaytib olgan it kabidir», dedilar». (“Oltin silsila” kitobidan Sahihul Buxoriy). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 16:50 | Savol-javoblar | 162 | Moliya va tijorat