Qarzni to‘lash uchun kredit olish

Assalomu alaykum! Men bir insondan 18 milion so‘m miqdorida qarzdor bo‘lib qolganman. Shu qarzimni kredit orqali to‘lamoqchiman, kreditni birovning nomiga olib, yana 2 kishi kafil bo‘lgani holda boshqa birovning do‘koniga bank hisob raqamidan o‘tkazib, do‘kondan ma’lum foiz hisobiga naqdlashtirgan holda qarzimdan qutilmoqchiman. Shunday qilishim joizmi yoki kredit olishning boshqa biror shar’iy yo‘li bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz botqoqning yanada chuqurroq joyiga tushishga harakat qilayapsiz ekan. Bor butingizni sotib bo‘lsa ham foizga pul olmasdan qarzingizni to‘lang. Vallohu a’lam!

25 May 2022, 19:17 | Savol-javoblar | 133 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar