G‘oya va mualliflik huquqi

Assalomu alaykum! Bir kishi o‘zi ishlaydigan tijorat korxonasiga qulaylik maqsadida, korxona uchun tizimli dastur tayyorlatishni dasturchiga buyurtma berdi. Kelishuv vaqtida: buyurtmachi korxonasining bir qator talablarini aytib berdi, dasturchi esa o‘z tajribasidan kelib chiqqan holda u talablardan ham qulayroq qilish mumkinligini aydi. Buyurtmachi dasturchining takliflarini inobatga oldi va dasturning ishlashi va ko‘rinishi bo‘yicha bir to‘xtamga kelishib olindi. Dasturchi bir necha oy davomida ushbu dasturni tuzish ishlarini olib bordi. Ikkinchi uchrashuvda buyurtmachi "bu dastur meni g‘oyam, buni men o‘ylab topdim, tayyor bo‘lgandan so‘ng mendan be ruxsat birovga sotishingiz mumkin emas" dedi. Savol: avvaldan dasturning mualliflik huquqi kimda bo‘lishi kelishilmagan ushbu holatda, dasturchi ushbu dasturni mualliflik huquqini o‘zida qoldirib va boshqa mijozlarga ham sotsa bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu holatda dasturchi bu masalani oldindan aytishi kerak edi. Hozir buyurmachining pulini olib dasturni tayyorlagan bo‘lsa, bu gapni aytishga haqqi yo‘q. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:04 | Savol-javoblar | 151 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar