Qasamni buzilishi

Assalomu alaykum! Yoshim 20 da. Namozlarimni vaqtida o‘qishga xarakat qilaman, xufton namozi bo‘lganida ko‘p xolatlarda (hozir o‘qiyman, xozir o‘qiyman) deb shayton vasvasasiga rozi bo‘lib uxlab qolgan vaqtlarim ko‘p marotaba sodir bo‘lgan. Bomdod namozida turgan vaqtimda esa o‘zimni kechira olmas darajaga tushib qolaman (Hufton namozini o‘qimaganligim uchun). Janobi payg‘ambarimiz Muhammad Mustafo Sallallahu Alayhi Vasallamning hayotlarini o‘rganish davomida dinimga bo‘lgan muhabbatim yanada ziyodalashib, Allohga qasam, deya ko‘z zinosi va boshqa faxsh ishlarga olib boruvchi yomon odatlarni tark qila boshladim. Kunlarni birida hufton namozini oxirigi qazosini va hufton namozini o‘qib bo‘la turib Allohga qasam, Xufton namozini o‘qimay uyquga yotmayman deb qasam ichib, ma’lum bir vaqt (oy) o‘tganidan keyin shu qasamni buzib qo‘ydim. Savolim quyidagicha. 1) Qasamning kaforati miskinni to‘ydirish, qudrati etmasa esa 3-kun ro‘za tutish kerak ekanligini savollar qidiruvidan topdim. Agar xufton namozini qazosini o‘qisam, qasamni kaffaroti bajarilgan bo‘ladimi? Qilgan notog‘ri ishimdan qattiq afsusdaman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Kafforatini alohida to‘laysiz. Vallohu a’lam!

8 May 2022, 14:41 | Savol-javoblar | 186 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar