River Soins o‘yini

Assalomu alaykum! Qidiruv tizimidan bunday mazmundagi savol topdim lekin meni savolim sal boshqacharoq. Men bir farg‘onalik tashkilotchilar tomonidan tashkil etilgan bir tijoratga ukam orqali aralashib qoldim. O‘yinning qisqacha mazmuni shuki, o‘zingiz pul tikasiz va u pul oylar mobaynida ko‘payib sizga g‘oyibdan kelishidadir (o‘zbeklar orasida chyornыy kassaga o‘xshagan o‘yin) . Ushbu loyihaning yuridik manzili Gongkong davlatida ekan, sayti https://river-soins.som/, davlatimizdagi tashkilotchilar esa bu o‘yinga o‘rtakashlik qilib, xammani pulini olib va’dalar berib, o‘yinda ishtirok etishgan, kimdir aytilgan miqdordagi pulni olgan kimlardir ololmagan. O‘yin haqida adminstratorlardan biridan so‘raganimda, moliyaviy piramida emasligini va halol sertifikati Rossiya Tatarston davlati diniy ulamolari tomonidan fatvo qilinini, bizda bunga biron diniy ulamo fatvo bermaganligini, shundan kelib chiqib o‘yinni halol yoki xarom deya olmayman deb ishontirdi. Shunga ko‘ra, o‘yinga ma’lum bir miqdorda pul tikdim lekin hozir o‘sha pulim ham yo‘q, o‘yin ham tugatilibdi, sababi esa o‘yin asoschisi hisoblangan kompaniyadan pul chiqarib bo‘lmayotganini va men tikkan pulga kompaniyadan joy sotib olingan ya’ni sarflangan deb aytishmoqda. Savol: men va boshqa odamlarning bu o‘yinga tikkan pullariga kim javobgar hisoblanadi? tashkilotchilar tikilgan va ko‘rayib qaytmagan pullarni egalariga qaytarmaslikka haqlari bormi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Siz aytayotgan tashkilot haqida ma’lumotga ega emasmiz. Sahifasiga kirib ko‘rganimizda, tarmoq marketingi bo‘lgani aniq ko‘rinib turibdi. Yaqinda shu kabi bir shirkatga Tataristondagi bir diniy muassasa sertifikat bergani va uning halol bo‘lgani haqida so‘rab qolishganida, bergan tomon bilan bog‘lansak, boshqa masala chiqib qoldi. Shuning uchun bu kabi tarmoq marketingida ishtirok etishdan qattiq saqlanish kerak. Agar riboga deb pul bergan bo‘lsangiz bu ribaviy qarz muomalasi hisoblanadi. Sizdan  «ribaviy qarz» olgan odamdan bergan pulingizni talab qilishga haqlisiz. Riboga qo‘l urganingiz uchun gunohkor bo‘lasiz.عَنْ جَابِرٍ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: لَعَنَ رَسُولُ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ آكِلَ الرِّبَا وَمُؤْكِلَهُ وَكَاتِبَهُ وَشَاهِدَيْهِ وَقَالَ: هُمْ سَوَاءٌ. رَوَاهُ مُسْلِمٌ وَأَبُو دَاوُدَ وَالتِّرْمِذِيُّ  Jobir roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Rasululloh sollallohu alayhi vasallam riboxo‘rni, uning ediruvchisini, kotibini hamda ikki shohidini la’natladilar va «Ular barobardirlar», dedilar».
Muslim, Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 18:15 | Savol-javoblar | 150 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar