Mustahabning savobi
Assalomu alaykum! Mustahab(istinjo) amal haqidagi savolga javobingiz haqida so‘ramoqchi edim. El chiqqanida mustahab qilish shart emas bavl qilganda ham, katta hojatda tanga kattaligidan oshmaydigan najosatda ham mustahab shart emas. Tahorat mustahab bilan emas qo‘l yuvish bilan boshlanadi, lekin najosat tangadan katta bo‘lsa uni yuvish farz bo‘ladi – deb javob bergan edingiz. Yuqoridagi holatlarda shart bo‘lmasa ham hotirjamlik uchun mustahab qilsa, mustahab amal qilganlik savobini olaveradimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! El chiqqanda yuvsa bid’at ishni qilgan bo‘ladi, qolganida yuvish mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:55 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! El chiqqanda yuvsa bid’at ishni qilgan bo‘ladi, qolganida yuvish mumkin. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 05:55 | Savol-javoblar | 160 | Dolzarb savollar