Qabrdagi so‘roq-savol

Assalomu alaykum! Men sizning yangi qo‘yilgan “Namoz” kitobini o‘qib turib, quyidagi jumlani o‘qidim: Ahli sunna val jamoa aqiydasining muhim qismlaridan yana biri Munkar va Nakir ismli ikki farishtaning qabrda savol berishi haqligiga ishonishdir. Inson jasadi qabrga qo‘yilganidan keyin(agar u suvga cho‘kib, jasadi topilmasa ham yoki biror narsa eb ketsa ham) Munkar va Nakir ismli ikki farishta undan «Robbing kim?», «Dining nima?», «Payg‘ambaring kim?» deb so‘rashadi. Ularning savollariga to‘g‘ri javob berganlar rohatda bo‘lishadi, javob bera olmaganlar azobda qolishadi.
Mana shu erda, agar bu savollarga munofiqlar yoki boshqa bir bu javoblarni juda yaxshi biladigan gunohkor bandalar to‘g‘ri javob bersa ham rohatda bo‘lishadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Hadisda: “Javoblari ularning qalbida bo‘lmagani yoki yaxshi o‘rin olmagani tufayli javob berishda tutilib qolishi” aytilgan. Vallohu a’lam.

26 May 2022, 16:48 | Savol-javoblar | 181 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar