Tafsiri Hilolni ustozsiz o‘rganish
Assalomu alaykum! Qur’oni karim tajvidini ishonchli ustozdan o‘rganmoqdaman Alhamdulillah! Hozirda faqat o‘qib tushirmoqdamiz. Yodlashga ustozimiz ruxsat berganlaricha yo‘q. Darsda ustozimiz oyatlarni tarjima qilib, ma’nolarini tushuntirib beradilar, lekin tafsirini qilib bermaydilar(tafsirga ilmim kamlik qiladi deydilar) Shuningdek “Tafsiri Hilol” kitobini o‘qishimizga hech qachon qarshi bo‘lmaganlar. Men o‘zim mustaqil “Tafsiri Hilol”ning 30-juzini o‘rganayotgan edim (namozda o‘qiydigan suralarimni tadabbur qilay degan ma’noda). Turar joyimizga yaqin masjidda tarovehni o‘qib beradigan qoridan “Qur’onga amal qilish nima bilan bo‘ladi? Tafsirdan hukm olib shunga amal qilsam bo‘ladimi?”-deb so‘radim. U kishi “Tafsirdan ustozingiz kim?” deb so‘radilar. “Tafsirdan ustozim yo‘q o‘zim mustaqil o‘qiyapman” desam u kishi: -Tafsirni ustozsiz o‘qimang yo‘qsa o‘zingizdan farishta yasab olasiz dedi. Judayam boshim qotib qoldi. Axir juda ko‘p hadislarda Qur’onni tilovat qilish bilan bir qatorda uni tadabbur qilishga ham buyurilgan. Qolaversa hozirda talabaman va o‘qishim yaqinida tafsir o‘rgatadigan ustoz topa olishimga ko‘zim etmayapti. 1) “Tafsiri Hilol”ni yolg‘iz o‘qishim durust emasmi? 2) Qur’oni karim qanday qilib hayotga tatbiq qilinadi? Yoki uning alohida ilmi bormi? 3)Shariat hukmlariga amal qilganimiz Qur’onga ham amal qilganimiz bo‘ladimi? Masalan ustozimiz Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusufning “Kifoya” kitoblarini o‘qib undagi hukmlarga amal qilsak; 4) “Sunniy aqiydalar”, “Kifoya”, “Hadis va hayot” kabi kitoblarni ustozsiz mustaqil o‘qib tushunmagan joyimni sizlardan so‘rasam bo‘ladimi yoki mustaqil o‘rgansam g‘uluga ketib qolamanmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Tadabbur uchun o‘rganavering. Hukm olmang.
2). Boricha.
3). To‘g‘ri amal qilsangiz.
4). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! 1). Tadabbur uchun o‘rganavering. Hukm olmang.
2). Boricha.
3). To‘g‘ri amal qilsangiz.
4). Bo‘ladi. Vallohu a’lam!
25 May 2022, 21:56 | Savol-javoblar | 162 | Qur’oni karim