Marhum qarzi
Assalomu alaykum! Otam 5-may kuni vafot etganlar. Bugun 9-avgust kuni mahalla raisligiga ish bilan borsam oldimda ko‘pgina qog‘ozlar turibdi. Juda ko‘p ism familiyalar, bir qarashda otamning ism familiyalariga ko‘zim tushdi. Qanday ro‘yxat deb so‘rasam mol mulk uy joydan deyishdi, 130 ming ekan, shu qarz otamning bo‘ynidami yoki bizgami, otam to‘ylarda pul yig‘ishga ham qatnashgan ekanlar, shularni to‘y navbati kelganda bersam bo‘ladimi yoki hozir berib qo‘yib qarzidan qutultiraymi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Qarz otangizning bo‘ynida qolgan. Qarzni darhol otangiz qoldirgan merosdan olib berishingiz lozim. Agar meros qoldirmagan bo‘lsa o‘z yoningizdan to‘lab bersangiz savobli ish qilgan bo‘lasiz. Vallohu a’lam!
9 Dekabr 2023, 11:40 | Savol-javoblar | 0 | Moliya va tijorat