Onamning operatsiyadan keyingi namozlari

Assalomu alaykum! Meni onamni ikkala ko‘zi operatsiya bo‘ldi. Operatsiyada so‘ng 6 oy davomida tanani oldiga chayqalishi mumkin emas ekan. Ustozlar sizlardan iltimos onam shu holatda qanday namoz o‘qiydi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tik turib namozni boshlaydilar, ruku’ va sajdani stulga o‘tirib ishora bilan qiladilar. Qanchalik engashsalar zarar qilmaydigan bo‘lsa shunchalik engashib ruku’ va sajdani ishora qiladilar. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 19:20 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar