Psixolog bo‘lish mumkunmi?

Assalomu alaykum! Psixolog yoki psixiatr bo‘lish mumkinmi islomda?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Islom shariati chegaralaridan chiqmasangiz, boshqa din aqiydalarini olg‘a surmasangiz, hozirda yahudiy va nasroniylarning qo‘lida bo‘lgan va o‘zgartirishlarga uchragan tavrot va injildagi gaplarni hujjat sifatida keltirmasangiz psixolog bo‘lishingiz joiz.وَلَا يَنْبَغِي لِلرَّجُلِ أَنْ يَسْأَلَ الْيَهُودِيَّ وَالنَّصْرَانِيَّ عَنْ التَّوْرَاةِ وَالْإِنْجِيلِ وَالزَّبُورِ وَلَا يَكْتُبُهُ وَلَا يَتَعَلَّمُهُ وَلَا يُسْتَدَلُّ لِإِثْبَاتِ الْمَطَالِبِ بِمَا ذُكِرَ فِي تِلْكَ الْكُتُبِ وَأَمَّا اسْتِدْلَالُ الْعُلَمَاءِ فِي إثْبَاتِ رِسَالَةِ سَيِّدِنَا مُحَمَّدٍ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ بِالْمَذْكُورِ فِي أَسْفَارِ التَّوْرَاةِ وَصُحُفِ الْإِنْجِيلِ فَذَلِكَ لِلْإِلْزَامِ عَلَيْهِمْ بِمَا عِنْدَهُمْ كَذَا فِي الْوَجِيزِ لِلْكَرْدَرِيِّ. (الفتاوى الهندية) Musulmon kishi yahudiy va nasroniydan (hozirgi) tavrot, injil va zabur haqida so‘rashi, ularni yozishi, o‘rganishi, o‘sha kitoblarda yozilgan gaplardan o‘z mavzusi va masalasini isbotlash uchun dalil sifatida foydalanishi durust emas. Sayyidimiz Muhammad sollallohu alayhi vasallamning payg‘ambarliklarini isbotlashda din ulamolarining (hozirgi) tavrot va injil sahifalaridagi ma’lumotlardan dalil keltirishi esa ularni o‘zlaridagi narsa bilan mulzam qilish uchundir. (Fatovoi hindiyya). Vallohu a’lam!

5 Oktabr 2023, 22:29 | Savol-javoblar | 0 | Mediya
|
Boshqa savol-javoblar