Ishxonaga zarar keltirish

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, men bir necha yil oldin bir korxonada ishchi sifatida ishlar edim. Korxona tomonidan menga ba’zi bir hujjatlarga imzo qo‘yish vakolati berilgan edi. U korxonada 2 ta’sischi bo‘lib, ikkovi ham xo‘jayin darajasida edi. Biri moliyaviy masalalarga, biri esa qolgan umumiy masalalarga mas’ul edi. Bir kun umumiy masalalar bo‘yicha mas’ul ta’sischi bir ish bo‘yicha mijozning moliga pul to‘lab bermaslikni menga tayinladi. Sababi bir hujjat kam edi. Men o‘zimning tajribamdan kelib chiqib, “shu qog‘ozni 1 hafta ichida olib kelib bering” deb mijozga yordam berdim va to‘lovni amalga oshirdim. Lekin ta’sischilardan hech biriga ma’lum qilmadim. Mijoz hujjatni olib kelib berganda qonunchilikka o‘zgarish kiritilib, natijada korxona shu kechikkan qog‘oz yuzidan ma’lum bir miqdor zarar ko‘rdi. Keyinchalik moliyaviy ishlar bo‘yicha mas’ul ta’sischining oldiga borib bu ish mening aybim bilan bo‘lganini tan oldim. U ta’sischi ish shartnomasida bunday holatlar (ya’ni ishchining aybi bilan zarar ko‘rilsa) yuzasidan men bilan shartnoma yo‘qligini aytib, zararni qoplashga mas’ul emasligimni aytdi. Lekin sizlar bilan maslahat qilmoqchiman. Bu masalada nima ish qilsa to‘g‘ri bo‘ladi? Zararni qoplab berayimi yoki ta’sischini gapini inobatga olayinmi? Oldindan tashakkur. Ramazon oyi muborak bo‘lsin!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz tarafingizdan ishga sovuqqonlik sodir bo‘lgan bo‘lsa, siz to‘laysiz. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:48 | Savol-javoblar | 138 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar