100 000 haj savobi beriladigan amal
Assalomu alaykum! Men internetda yana bir ertakday tuyulgan hadisni eshitib qoldim. Shuni rostligini tekshirib bersangiz. Kimda kim ertalab turib ota-onasiga tabassum qilsa, unga yuz ming haj savobi berilarkan. Yana Odam alayhissalomni erga tushganlariga 9 ming yil bo‘lgan bo‘lsa 9 ming har yili haj qilganida ham unchja savobga erishmagan bo‘lar ekanlar. Biz ummatlarga esa shuncha savobga erishish imkoniyati berilgan deb aytdilar. 2. Qarindoshlarim internetdan har xil kanallardan hadis deb to‘qima narsalarni va yana bilishingiz kerak deb g‘aybiy narsalarni xuddi ko‘rgandek yozilgan ma’lumotlarni aytib yurishadi. Qaerdan oldingiz, manbaasi qaysi kitob desam, qaerlardagi kanallarni va fasebookdagi yozuvlarni ko‘rsatishadi. Nima deyishni bilmay sizlardan so‘rayman. Sizlarning vaqtingizni olayotganimga uyalib ketyapman. Qanday yo‘l tutishni maslahat berasiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Bunday hadis topilmadi.2). To‘g‘ri aytasiz. Hozirgi kunda boshqa dinlarning kitoblari odamlarning so‘zlari, hikoyalari, hayoliy voqe’alari bilan to‘lib toshgan. Shuning uchun ham ularni Alloh taolodan nozil qilingan asl Tavrot yoki asl Injil deb bo‘lmaydi. Hatto fuqaholarimiz u kitoblarni hozirgi davrdagi nusxalarini Allohdan nozil qilingan asl kitoblar deyishni kufr deganlar. Shuning uchun boshqa din vakillari Qur’onni ham o‘zgartirishga urinib ko‘rishdi. Bu ish muhol ekanligini bilishgach esa hadislarga osilishdi. Islom ulamolari hadislarni asl holida saqlab qolishga qattiq uringanlaridan mo‘’tabar hadis kitoblariga o‘zgartirish kirita olishmadi. So‘ng himmatlarini o‘zlari tomonidan to‘qima kitoblar yozishga qaratishdi va buni uddasidan ham chiqishdi. Xalq ichiga minglab to‘qima hadislar, bo‘lmagan voqe’alarni tarqatishdi. Madrasa va ma’hadni bitirib fiqh, hadis, e’tiqod tafsir taxassuslarini mutaxassislari huzurida ta’lim olganlar sahih bilan to‘qimalarini bemalol ajrata oladilar. U darajaga etmaganlari esa hali hanuz kechasida o‘tin tergan kishi huli bilan qurug‘ini ajrata olmagani kabi sahih bilan to‘qimalarni ajratolmay ko‘rgani yoki eshitganini gapirmoqdalar. Ularning niyati go‘zal bo‘lishi mumkin, kimlarnidir hidoyatiga sababchi bo‘lmoqchi bo‘lishar, lekin masalaning boshqa tomoniga ham e’tibor qaratish kerak. Allohni aytmaganini aytdi deyish, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam demagan gaplarini degan deyish, dinda yo‘q narsalarni dindan deb aytish o‘ta og‘ir gunohdir. Alloh taolo “Nahl” surasida marhamat qilib:وَلاَ تَقُولُواْ لِمَا تَصِفُ أَلْسِنَتُكُمُ الْكَذِبَ هَذَا حَلاَلٌ وَهَذَا حَرَامٌ لِّتَفْتَرُواْ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ116. Allohga nisbatan yolg‘on to‘qish uchun tillaringiz vasf qilgan yolg‘onni gapirib, «Bu halol, bu harom», – deyavermanglar. Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘quvchilar zafar topmaslar. “Yunus” surasida : قُلْ إِنَّ الَّذِينَ يَفْتَرُونَ عَلَى اللّهِ الْكَذِبَ لاَ يُفْلِحُونَ69. Sen: «Albatta, Allohga nisbatan yolg‘on to‘qiydiganlar zafar topmaslar», – deb ayt. degan.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam quyidagicha marhamat qilganlar:عَنْ عَبْد ِاللهِ بْنِ عَمْرٍو رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: بَلِّغُوا عَنِّي وَلَوْ آيَةً، وَحَدِّثُوا عَنْ بَنِي إِسْرَائِيلَ وَلَا حَرَجَ، وَمَنْ كَذَبَ عَلَيَّ مُتَعَمِّدًا فَلْيَتَبَوَّأْ مَقْعَدَهُ مِنَ النَّارِ. رَوَاهُ الْبُخَارِيُّ وَالتِّرْمِذِيُّAbdulloh ibn Amr roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Mendan bir oyat bo‘lsa ham etkazinglar. Bani Isroil haqida gapiringlar, tanglik yo‘q. Kim menga qasddan yolg‘on to‘qisa, do‘zaxdagi o‘rindig‘iga joylashaversin», dedilar».
Buxoriy va Termiziy rivoyat rivoyat qilganlar. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 19:43 | Savol-javoblar | 166 | Hadislar