Poezd urgan mol
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, poezd molni urib ketib, fakatgina bo‘ynidan kesib ketgan bo‘lsa, halol hisoblanadimi? Albatta bunda hech kim tasmiya aytmagan. Shunday holatlarda nima qilish kerak? Savol takroriy bo‘lsa uzr? Javob uchun tashakkur!
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo “An’om” surasi 121-oyatida marhamat qiladi : وَلاَ تَأْكُلُواْ مِمَّا لَمْ يُذْكَرِ اسْمُ اللّهِ عَلَيْهِ وَإِنَّهُ لَفِسْقٌ وَإِنَّ الشَّيَاطِينَ لَيُوحُونَ إِلَى أَوْلِيَآئِهِمْ لِيُجَادِلُوكُمْ وَإِنْ أَطَعْتُمُوهُمْ إِنَّكُمْ لَمُشْرِكُونَ Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar. Shubhasiz, u fisqdir. Albatta, shaytonlar o‘z do‘stlariga sizlar bilan tortishishni vasvasa qilurlar. Agar ularga itoat qilsangiz, albatta, sizlar ham mushriklar bo‘lursizlar.
Ulamolarimiz ushbu oyatning tafsirida «Agar musulmon kishi hayvonni so‘yayotib, Allohning ismini zikr qilishni unutib qo‘ysa, so‘ygan go‘shti halol», deganlar. Ammo bilib turib, qasddan zikr qilmasa, unday go‘sht harom bo‘ladi.
«Ustida Allohning ismi zikr qilinmagan narsalarni emanglar».
Shuningdek, avval o‘tgan oyatlarning hukmiga binoan, ahli kitoblarning so‘yishi ham haloldir. Boshqalarini esa eyish mutlaqo mumkin emas.
«Shubhasiz, u fisqdir».
Ya’ni Allohning nomi zikr qilinmay so‘yilgan hayvonning go‘shtini eyish fisq, ya’ni dinning amridan chiqishdir. (“Tafsiri Hilol” kitobidan). Biz yuqorida keltirgan oyatga binoan qasddan tasmiya aytilmagan yoki aytib ulgurilmagan bo‘lsa, unday hayvon o‘limtik hisoblanib, go‘shtini eyish joiz emas. Siz aytgan suratda tasmiya aytib, kekirdagidan so‘yib halollab olish kerak edi. Jonivorni halol bo‘lishi uchun uchta narsa shartdir.
1). So‘yilayotgan vaqtda tirik bo‘lishi.
2). Jonivorning joni so‘yish bilan chiqishi.
3). Harami sharifning ov hayvoni bo‘lmasligi.
1-shart. Abu Hanifa rahmatullohi alayhning nazdalarida, birinchi shartga ko‘ra ozmi-ko‘pmi tirik bo‘lsa bo‘ldi. Chunki shu holatda so‘yilsa ham Alloh taoloning حُرِّمَتْ عَلَيْكُمُ الْمَيْتَةُ وَالْدَّمُ وَلَحْمُ الْخِنْزِيرِ وَمَا أُهِلَّ لِغَيْرِ اللّهِ بِهِ وَالْمُنْخَنِقَةُ وَالْمَوْقُوذَةُ وَالْمُتَرَدِّيَةُ وَالنَّطِيحَةُ وَمَا أَكَلَ السَّبُعُ إِلاَّ مَا ذَكَّيْتُمْ Sizlarga o‘limtik, qon, cho‘chqa go‘shti, Allohdan o‘zgaga atab so‘yilgan, bo‘g‘ilib o‘lgan, urib o‘ldirilgan, yiqilib o‘lgan, suzishdan o‘lgan, yirtqich egan hayvonlar ...harom qilindi... – magar (o‘lmay turib) so‘yib olsangiz (halol)(“Tafsiri Hilol” kitobidan “Moida” surasi 3-oyat) magar (o‘lmay turib) so‘yib olsangiz (halol) – degan qavliga muvofiq bo‘ladi. Agar so‘yishdan avval havonning tirikligi ma’lum bo‘lsa, so‘yganidan keyin tiriklardek harakatlanishi va otilib qon chiqishi shart emas. Agar hayvon kasal bo‘lgani uchun yoki bo‘g‘ilib qolgani uchun, biror boshqa hayvon suzib yuborgani uchun harakatdan to‘xtab hayvonning tirikligi haqida shakka borilsa, uni so‘yib ko‘riladi. Agar harakatlansa va undan odatdagidek qon chiqsa, bu uning tirik ekanligi alomati bo‘lib, uni eyish halol bo‘ladi.
Harakatidan murod, so‘yishdan oldingi tirik ekanligiga dalolat qiladigan harakat iroda qilingan. Masalan ochilib qolgan og‘zini yumish, ko‘zini yumish, oyog‘ini yig‘ib olish, tuklari tikka turishi kabilar. Agar og‘zini ochsa yoki ko‘zni ochsa, oyog‘ini cho‘zsa, tuklari yotsa, so‘yishdan avval uni tirikligiga dalolat qilmaydi.
Odatdagidek qon chiqishdan murod, tirikligi aniq hayvon so‘yilganda qon chiqqani kabi qon chiqishidir.
Shu qavl hanafiylar nazdida fatvo uchun qabul qilingandir.
2-shart. Jonivorning joni so‘yish bilan chiqishi. Agar hayvon so‘yish orqali joni chiqmay, so‘yish bilan birga boshqa amal bilan ham joni chiqsa, uni eyilmaydi. Masalan bir hayvonni kamon o‘qi kabi narsa bilan otganidan keyin suvga tushib, bo‘kib o‘lsa, uni eyilmaydi. 3-shart. Harami sharifning jonivorlaridan ovlangan bo‘lmasligi kerak. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 12:18 | Savol-javoblar | 140 | Halol va harom