Chiroq yoqish haqida

Assalomu alaykum! Qaynona-qaynotamlarnikida biror ehson qilsak yoki jonlik so‘ysak, qaynonam bir chetga o‘tib chiroq yoqib keladilar. Unday qilish bid’at deb tushuntirsak ham “qaerga yozib qo‘yibdi unday” deb deydilar. Aytishlaricha sog‘liklari uchun shunday qilar ekanlar. Chiroq yoqib turmasalar kasal bo‘lib qolaman deb o‘ylaydilar. Ba’zan chuchvara pishirib qo‘shnilarga tarqatib ham chiroq yoqib turadilar. Chunki bir necha yil oldin bir ikki marotaba uyqusiz va kayfiyatsiz holga tushib qolib birinchisida folbinlar va damchilar orqali tuzalgan ekanlar. Ular chiroq yoqishni, kinna solishni buyurgan ekanlar. Shunda tuzalib ketganman deydilar. Ikkinchi marotaba kasal bo‘lib qolganlarida hech bir folbin-damchi tuzatolmadi. Meditsina orqali tuzaldilar. Lekin chiroq yoqishni tashlamadilar. Savolim: Biz shariy yo‘l bilan Alloh roziligi uchun jonliq so‘yib ehson qilmoqchi bo‘lsak ham, qaynonam bir chetda chiroq yoqsalar ehsonimiz qabul bo‘ladimi? Biz gunohga sherik bo‘lib qolmaymizmi?
2. Qaynonamni chiroq yoqish yomon deb qaerda yozib qo‘yibdi degan savollariga ham dalillar bilan javob bersangizlar. Javobingizni o‘qib zora bu ishlaridan qaytsalar. Rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Gunohga sherik bo‘lasizlar. 2). Qaynonangiz qilgan ish ham harom. Chunki chiroq yoquvchilar jinlar ularga zarar bermasin deb o‘ylab ularga yaqin bo‘lishi uchun chiroq yoqishadi. وَاعْلَمْ أَنَّ النَّذْرَ الَّذِي يَقَعُ لِلْأَمْوَاتِ مِنْ أَكْثَرِ الْعَوَّامِ وَمَا يُؤْخَذُ مِنْ الدَّرَاهِمِ وَالشَّمْعِ وَالزَّيْتِ وَنَحْوِهَا إلَى ضَرَائِحِ الْأَوْلِيَاءِ الْكِرَامِ تَقَرُّبًا إلَيْهِمْ فَهُوَ بِالْإِجْمَاعِ بَاطِلٌ وَحَرَامٌ ...  وَقَدْ اُبْتُلِيَ النَّاسُ بِذَلِكَ ، وَلَا سِيَّمَا فِي هَذِهِ الْأَعْصَارِ Bilingki, avom xalq tarafidan o‘liklarga atab nazrlar qilish, Allohning do‘stlarining qabrlariga ularga yaqin bo‘lish maqsadida tangalar tashlash, sham, chiroqlar yoqish botil va harom ishlardir. Bu narsalarga xususan, asrimiz odamlari ko‘proq mubtalo bo‘lganlar.  (Roddul Muhtor). Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 14:35 | Savol-javoblar | 64 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar