40 farz Namoz

Assalomu alaykum va rohmatullohi va barokatuhu. Mexribon Allox ilmilarni ziyoda qilsin, olib borayotgan ishilarga rivoj bersin. Xurmatli Zikr axlidan so‘rang xay’at a’zolari ming bor uzr bilan savol yo‘llayapman. Masjidul Nabaviyda 40 farz namoz deb. 8 kun 5 maxal farz namozlarni jamoat bilan o‘qishadi. Aytishadiki umringda bir bora bo‘lsa xam 40 farz namozni o‘qib qo‘yish kerak deyishadi. Umra safariga borganlarda ziyoratlar bilan bo‘lib, xamda Madinai Munavvarada 3-5 kundan ortiq turmasligini xisobiga 40 farz namozini o‘qiy olinmaydi.Shunga biron bir xadis yoki dalil bormi.Albatta 40 farz namozni o‘qish kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu hadisni Imom Ahmad Musnadda, Tabaroniy Mo‘’jami Avsatda rivoyat qilgan ekan.عن أنس رضي الله عنه عن النبي صلى الله عليه وسلم أنه قال: من صلى في مسجدي أربعين صلاة لا يفوته صلاة، كتبت له براءة من النار ونجاة من العذاب، وبرئ من النفاق.قال الطبراني: لم يروه عن أنس إلا نبيط تفرد به ابن أبي الرجالhttps://savollar.islom.uz/s/40045Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:14 | Savol-javoblar | 188 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar