Xalq gapi

Assalomu alaykum! Ko‘cha-kuyda yurganimizdan keyin odamlar bilan muomala ma’daniyatini bilib tushunib oldim. Sizlarga yuborgan namoz haqida savolimga chiroyli javobingizdan roziman. Ustachilikda ustozlardan va boshqalardan 1 ta savol-javobga tushunolmayapman. Namoz o‘qisang ham o‘zing uchun yoki yuragingda Alloh ta’olo bo‘lmasa o‘qiganing o‘tmaydi demoqda. Lekin o‘zlari namoz o‘qimasak ham yuragimiz toza, yuragi toza odam jannatga kirada deyishmoqda. Shunchalar namoz o‘qiganlarni gapirganlaridan tushunolmay qoldim. Ularga nimalar deyishni bilmay indamay sukut saqlayman. Ularga namozlarini o‘qimasa ham nimalar deyish mumkin. Barchalaringizdan Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ahmoqlarga javob sukut. To‘g‘ri qilibsiz. Vallohu a’lam!

9 May 2022, 18:50 | Savol-javoblar | 165 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar