Qilingan tavsiyadan pul olish
Assalomu alaykum! 1). Men chet elda maktabda tarbiyachining yordamchisi bo‘lib ishlayman. Hozir o‘qishga kirmoqchiligim sababli ishdan bo‘shayapman. Lekin maktabimiz judayam katta bo‘lgani uchun ishchilar juda ham zarur. Shuning uchun maktab direktorlari bir e’lon berishdi. Unda aytilishicha Kim shu maktabdagi ishni kimdirga tavsiya etsa va shundan so‘ng o‘sha odam ish uchun ariza bersa topshirsa tavsiya etgan odamga pul taklif etishdi. Men ham bunaqa e’lon berishlaridan oldin ko‘p tanishlarga tavsiya etgan edim(chunki juda yaxshi ish, xaqiqattan tavsiya qilsa arzidigan), shundan bir kun o‘tibla shunday e’lon berishdi. Mening ham tanishlarim tavsiyam tufayli ariza topshirishgan. Savolim shundaki shuni direktorlarga men tavsiya etganimi aytib, o‘sha aytilgan pulni olish men uchun halol bo‘ladimi? 2) Namozlarda rukudan so‘ng avval o‘tirib olib keyin sajdaga ketiladimi yoki rukudan to‘g‘ri hech qanday to‘xtalishlarsiz sajda qilinadimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Shar’an halol ish bo‘lsa, dalolat qilganingiz uchun har kishiga bir marta haq olishingiz joiz.2). Ruku’dan so‘ng o‘tirilmaydi. Ruku’dan tik bo‘lib qiyomga qaytiladi va keyin to‘g‘ri sajdaga ketiladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:25 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom