Albatta masjidga oborish kerakmi?

Assalomu alaykum! Men Rossiyada ishlayman. Bir xristian do‘stim o‘zi islomni qabul qilishga qaror qildi. Unga tahorat olishni orgatib o‘zim kalimani aytdirib, islomni qabul qildirib qo‘ysam bo‘ladimi? Yoki albatta masjidga oborish kerakmi? Javob uchun oldindan rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Shunday qilsangiz bo‘ladi. Masjidga borish shart emas. Asta sekin bilganlaringizni o‘rgataverasiz. Vallohu a’lam!

28 Aprel 2022, 10:47 | Savol-javoblar | 147 | Islam
|
Boshqa savol-javoblar