Maslaxat bering
Assalomu alaykum! Men farz bo‘lgan ibodatlarni 15 yoshimda boshlaganman. Hozir yoshim 41 da. Inson hamisha bir xil turmaydi ekan. Bir necha yillardan beri kasalman. Bu yil deyarli tuzalmadim. Doktorlar qat’iy parxez yozib berishgan. Faqat suyuqlik ichaman. Suyuq ovqatni ham faqat so‘lini bu qachongacha davom etishini bilmayman. Ishlayman. Shom namozlariga kelib dorilar tasirida uxlab qolyapman. O‘zimni majbur qilib shom, xuftonga turaman. Lekin “attaxiyat”da yana ko‘zim ilinib qoladi. Hatto tush ko‘rishgayam ulgiraman. Qazolarim ko‘payib ketdi. Iltimos maslahat beringlar. Namozlarni o‘tirib o‘qisam bo‘ladimi? Oldindan rahmat. Alloh rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Alloh taolo sizga bergan dardini xato kamchiliklaringizga kafforat qilsin va oxiratda bo‘ladigan maqomingizni yuksak bo‘lishini nasib qilsin. Ahli balolarga beradigan ajrlarini nasib qilsin. Alloh taolo bandasining toqati etmaydigan narsalarga buyurmaydi. Namozni farzlarini albatta turib o‘qing. Sunnatlar borasida ixtiyoringiz. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 09:07 | Savol-javoblar | 155 | Dolzarb savollar