Do‘sti uchun jon berish

Assalomu alaykum! Arafa kuni akam o‘tib qoldilar. Do‘stlari urishvotkan bo‘lishgan, akamni “sani gapinga kirishadi, kelgin, ajratgin bularni, bizani qoldirma” deb chaqirishgan. Akam yarashtirish maqsadida borib ajratvotganlarida orqadan 3 marta pichoqlashib o‘ldirishgan. Buning hukmi qanaqa bo‘ladi? Akam nomozxon, iymonli inson bo‘ganlar, rahmatlini 3 farzandi bor, o‘zlari 32 yosh edilar. Biror ehson qilishmiz kerakmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tig‘ bilan o‘ldirilgan bo‘lsa shahid bo‘ladi. Undaylarni g‘usl qildirilmasdan o‘shandayligicha janozasi o‘qilinaveradi. Yosh balog‘atga etmagan bolalari bo‘lsa u kishining mulkidan ehson qilmanglar. Odamlardan qarzlari bo‘lsa mulkidan to‘lashlaringiz mumkin. Vallohu a’lam!

6 May 2022, 09:28 | Savol-javoblar | 170 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar