Jag‘ singanda ibodatlar
Assalomu alaykum! Allohning marhamati bilan jag‘im sinib qoldi. Hozir jag‘im sim bilan bog‘lab qo‘yilgan. Og‘zim ochilmaydi. Faqat labim bilan tilim qimirlaydi. 1) Tahorat olgunimcha suv simning tagiga o‘tmay qolishi mumkin. G‘arg‘ara qilishni esa umuman iloji yo‘q. Shunday bo‘lsa ham g‘arg‘ara qilmasdan faqat og‘izni chayib tahorat va g‘usl qilsam bo‘ladimi. 2) Namozlarimni qanday o‘qisam bo‘ladi. Qiroat qilishni iloji yo‘q ichimda og‘zimni qimirlatmasdan o‘qisam ham bo‘ladimi. Agar qiroat qilgan taqdirimda ham juda xunuk va noto‘g‘ri qiroat qilaman. Arab tilida harfni sal noto‘g‘ri talaffuz qilinsa butun ma’no o‘zgarib ketishini bilaman va shundan qo‘rqib hozircha namozlarimni o‘qimay turimman. 3) Jag‘imni sindirganlardan qasos olganim afzalmi yoki kechirganimmi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Qanday qodir bo‘lsangiz, o‘qing. 2). Qiroatni eng ozida pichirlab o‘qing. 3). Qasos olish shar’iy qozi orqali amalga oshiriladi. Har kim o‘zicha qasos ololmaydi. O‘zicha qilsa, jinoyat va katta gunoh hisoblanadi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:36 | Savol-javoblar | 152 | Ibodatlar