Minnatdor bo‘lish

Olamlarni yaratgan Alloh subhanahu va taologa hamdu sanolar va Uning sevikli rasuli Muhammad Mustafo sollallohu alayhi vasallamga salovatu durudlar bo‘lsin! Sizga ikki dunyo saodatini tilayman. Alloh Din yulida qilayotgan ishlarizga ajrini ko‘paytirib yozsin. Savolim takroriy yoki noo‘rin yozilgan bo‘lsa oldindan uzr so‘riman. Savol javob ruknidan savolimga javob topa olmadim. Abu Hurayra roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: «Kim Allohga shukr qilmasa, odamlarga ham tashakkur qilmaydi», dedilar». Abu Dovud va Termiziy rivoyat qilishgan. Termiziyning lafzida: «Odamlarga tashakkur qilmagan Allohga shukr qilmaydi», deyilgan. Sharh: Alloh taoloning yaxshiligini bilmagan nobakor bandaning yaxshiligini bilarmidi! Bunday nusxalar doimo va har kimga nisbatan noshukr bo‘ladilar. Alloh taolo o‘shalardan bo‘lishdan O‘zi asrasin! Omin! Alloh rahmati marhamati keng zotdir. Insonlarga minnatdorchilik yuzasidan "rahmat" so‘zini ishlatish mubolag‘a bo‘lmaydimi? Qaysi ibora afzal tashakkur, minnatdorman, raxmat?
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Mubolag‘a bo‘lmaydi.

2 May 2022, 06:28 | Savol-javoblar | 156 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar