Yo‘lda namozni ayol kishi qanday o‘qiydi
Assalomu alaykum! Men o‘qishda o‘qiyman termizda o‘qishim soat 14:30da tugaydi va peshinni shu erdagi masjidda o‘qiyman va uyimga jo‘naydigan avtobus 15:00 da jo‘naydi men 2 soat yo‘lda bo‘laman uyimga etib borguncha soat 17:00 bo‘lib kun botib ketadi men asr namoziga ulgurmayman namozni qasr qilib o‘qishim mumkinmi? Yoki yo‘lda tushib qolib yo‘lda o‘qiymanmi? Yo‘lda tushib qolsam uyga borguncha qorong‘u bolib ketadi. Nima qilsam bo‘ladi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Uyingizdan safar masofasichalik uzoq joyga borishni niyat qilib chiqsangiz va u erda 15 kun va undan ortiq turishni niyat qilmagan bo‘lsangiz, musofir hisoblanasiz.
Agar uyingiz va tahsil oladigan joyingiz orasi safar masofasichalik (88 km) uzoq bo‘lsa, siz yo‘lda musofir hisoblanasiz. Musofir esa namozini qasr qilib o‘qiydi. Qasr qilib o‘qish - 4 rakatli farz namozni 2 rakat qilib o‘qish demakdir. Musofir ham namozni qazo qilishi mumkin emas. Musofirning hukmlarini o‘rganib oling. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 20:49 | Savol-javoblar | 139 | Namoz