Ushbu hadis saxixmi

Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Payg‘ambarimiz sollAllohu alayhi vasallam aytdilar: Uch kishini qiyomat qo‘rqitmaydi va hisobi bo‘lmaydi. Ular xaloyiqning hisobi tugaguncha miskdan bo‘lgan qumli tepalik ustida bo‘ladilar: Alloh uchun Quron o‘qigan, u bilan qavmga boshchilik qilgan (imomlik qilgan) va ular undan rozi bo‘lganlar, Alloh uchun namozga chaqirgan va o‘zi va Robbisini o‘rtasini go‘zal qilgan, hamda o‘zi va boshqalarni o‘rtasini go‘zal qilgan. Imom Tabaroniy rivoyati. Shu hadis saxixmi? Shu hadisdagi kifoya qiladi so‘ziga sharh bersangiz.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ushbu hadis o‘ta zaif hadislar qatorida ekan. Uning zaifligining sababi sanadida Bahr ibn Kasiyr as-Saqo degan roviy borligidir. Buni imom Zahabiy o‘zlarining “Zu’afo” nomli kitoblarida “Bu odam hadis rivoyat qilganida ko‘p xato qiladigan odam. Buni hadisi olinmaydi” deb ta’rif bergan ekanlar. Bu hadis yana boshqa yo‘llar bilan ham kelgan ekan, lekin ularni ham hammasi zaif deyilgan  ekan. وهذا السند ضعيف جدا أيضا بسبب بحر بن كثير السقا ، قال فيه الذهبي في "الضعفاء" (1/192) : "كان ممن فحش خطؤه ، وكثر وهمه ؛ حتى استحق الترك" انتهى Vallohu a’lam!

13 May 2022, 20:57 | Savol-javoblar | 143 | Hadislar
|
Boshqa savol-javoblar