o‘zbeklar nasroniy yurtga borib nasroniy bo‘lmoqdalar
Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Barakatuh muhtaram Shayh janoblari . men sizdan bitta maslahat so‘ramoqchi edim.men nasroniy yurtda yashayman.yaqinda bitta nasroniya qiz meni o‘zbekistonlik ekanimni eshitip men bir o‘zbek oilani bilaman ular men boradigan cherkovga borishadi dedi.men juda hayron qoldim.men u oila haqida boshqa birovdan ham eshitganim uchun u o‘zbekistonliklar rus yoki boshqa millat emas, o‘zbekistonlik millati o‘zbek oila ekaniga deyarli ishonchim komil.men o‘sha cherkovga borib u o‘zbeklarni topib ularni to‘g‘ri yo‘lga hidoyat qilmoqchi bo‘ldim ammo bu ishim dinga majburlash bo‘lmasmikan deb ikkilanib qoldim.Aslida menga ta‘sir qilgani u oilaning oldin musulmon bo‘lib keyin nasroniy bo‘lgani va eng achinarlisi ularning o‘zbekistonlik ekanligidir.shunga iltimos maslahat bersangiz.men nima qilay - o‘sha o‘zbeklarni topib ularga bu yo‘l noto‘g‘ri ekanini tushuntiraymi ? (bu ishim dinga majburlash bo‘lib qolmaydimi ?) yoki u o‘zbeklar bilganini qilib nasroniy bo‘lib yuraverishsinmi ? men ularning nasroniy ekanini bilganimdan keyin ularni hidoyatga boshlash mening zimmamda bo‘lib qolmaydimi ? agar shunday bo‘lsa bo‘lsa Inshaalloh shu hafta yakshanba cherkovga borib ularga bu yo‘llaridan qaytinglar demoqchi bo‘lib turibman.sizga Buyik Ollohimning rahmatini so‘rab qolaman.javoblaringiz uchun oldindan sizga chuqur ehtirom izhor etaman.Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Barakatuh
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Topib tushuntiring.
27 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
Topib tushuntiring.
27 May 2022, 05:36 | Savol-javoblar | 141 | Dolzarb savollar