Murobaxa savdo
Assalomu alaykum! Men yangi avtomobillar nasiya savdosi bilan shug‘ullanaman. Xozir xammaga ma’lum salondan yangi mashina olish uchun 3-6 oy kutilyapti. Bozorda esa narxlar salondan qimmatroq. Mijozlarim mendan salondan mashina olib berishimni, ular boshlang‘ich va oylik to‘lovlarini mashina chiqmagan bo‘lsa xam to‘layverishini, qancha kerak bo‘lsa kutishini aytishyapti. Men bu ishda, xali to‘liq mening mulkim bo‘lmasdan turib (ya’ni qo‘lga tegmasidan) savdo qilish xukmiga tushib qolmasmikin deb ikkilanayapman. Shu tarzda savdo qilishim joizmi? Albatta meni shartnomalarimda penya degan narsa yo‘q.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Joiz emas. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 172 | Moliya va tijorat