Tahorat vaqtida tahoratning ketishi

Assalomu alaykum! Mening mulklarim kasallanganligi bois tishim juda tez-tez qonab turadi. Tahorat vaqtida og‘zimni chayqayman 3 bora qon kelib tursa 4 yoki to‘xtagunicha. So‘ng navbatdagi amalni bajaraman. Oxirida oyog‘imni yuvyatganimda yoki tahoratni tugatganimda tishim qonayabdimi yoki yo‘qmi bilish uchun tupuraman. Qon aralash tupuk chiqsa va asosan qonning rangi g‘olib kelganda og‘zimni tishim qonashi ketgunicha (odatda 1-2 martta) chayqayman va tahoratni tugataman. Savolim shuki: shu ishim to‘g‘rimi? Tahorat so‘ngi amallarida tish qonashi yoki oxirida qonashida yana boshidan hamma a’zoni qayta yuvish kerakmi? Men faqat og‘zimni o‘zini chayqash bilan kifoyalanardim tahorat vaqtida ekanligim uchun. Tanishim esa boshidan boshlar ekan.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Tahorat asnosida uni buzuvchi amallar bo‘lsa (masalan, qon chiqsa), uni boshidan qaytadan boshlash shart. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:08 | Savol-javoblar | 166 | Ibodatlar
|
Boshqa savol-javoblar