Maktabdagi ustozlar shariatda nimalarni bilishi kerak?
Assalomu alaykum! Men matematika fanidan dars beraman.Har bir kasb egasi o‘z kasbiga doir shariat qoidalarini bilgani yaxshi. Shariatda ustozlar nimalarni bilishi kerak? Qanday kitoblardan ma’lumot olsam bo‘ladi.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Bu borada ustoz uchun ustozlarning ustozi va buyugi Sarvari olam Payg‘ambarimiz Muhammad mustafo sollalohu alayhi vasallam alayhi vasallam go‘zal o‘rnakdirlar. U zoti sharifning siyratlarini yaxshi o‘rganib va sunnatlariga amal qilish ustozning eng muhim qo‘llanmasi hisoblanadi. Qolaversa ustoz avvalo shogirdlariga namuna bo‘lishi zarur. Buning uchun o‘zi birinchi navbatda shariatning ahkomlariga amal qilishi kerak. Odob-axloq, xulq-atvorda go‘zal misol bo‘lishi muhim. Shuningdek o‘zini ishida mas’uliyatini his qilib, ixlos bilan vazifasini bajarishga harakat qilishi kerak. Shogirdlar Allohning unga bergan omonati ekanligini doimo yodida tutishi zarur. Talabalarning vaqtlarini ham juda qadrlash kerak. Talabalarda ilmga bo‘lgan muhabbatni uyg‘otish ustozning eng muhim vazifalaridan biridir. Buning uchun ustoz musulmonlarning sharafli tarixini yaxshi bilishi va ajdodlarimizning ilmga munosabat hamda undagi yutuqlarini talabalariga etkaza bilishi muhim rol o‘ynaydi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 08:11 | Savol-javoblar | 162 | Ta’lim va muta’allim