Dermotologiya

Assalomu alaykum! Man asli kosmetologman, kosmetologiya kasbidagi juda ko‘p yuzga o‘zgrtirish kiritadigan muolajalarni mumkin emasligini bilgan holda, o‘z kasbimni dermotologiyaga almashtirdim, bu sohada ancha o‘qidim, hozir ham o‘qiyabman. Man yuzdagi qora oq dog‘larni, ugri, akne, demodikoz, stofilokok, psoriaz, egzema va shunga o‘hshash kasalliklarni davoliman. Yuzi quruq yuzlarni namlantiraman, yonimga kelgan har bitta potsientga yuzni o‘zgartirish gunoh ekanligini tushuntiraman. Ollohga shukurki, ko‘pchilik ayollar suhbatlarimdan keyin burun to‘g‘irlatish, qovoq oldirish kabi gunoh ishlarni qilib bo‘lmasligi, lab ishirish gunohligi bilib shunday fikrda yurganlar bu ishlarni qilmaslikka qaror qilib chiqib ketishadi. Man yuzida dog‘i bor, ugrisi bor, rangi bo‘g‘ilib ketgan yoki oq dog‘i bor kasallarni davolab chiqarsam ular solihalar emas, yana Alloh bilguvchi, harom ishlar qilib yuradigan insonlar bo‘lsa davolaganim gunohmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Davolashingiz gunoh emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 21:19 | Savol-javoblar | 147 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar