Do‘stdan kechish
Assalomu alaykum! Meni bir do‘stim bor. U bilan ancha yillardan buyon do‘stmiz va men Alloh uchun do‘st bo‘lganman u bilan. Lekin u yaqin vaqtlarda tinmay har xil gunoh masiyatlarga kirib bormoqda. Yangi do‘stlar orttirib ularga qo‘shilib yangi hunarlar chiqarmoqda (chekish, ichish, qizlar deganday). Men unga ko‘p marotaba aytdim va ayrim choralar ham qo‘llab ko‘rdim. Lekin u bularni qilganim sari mendan uzoqlashmoqda. U bilan Alloh nasib etsa jannatda ham birga bo‘lmoqchiman lekin nima qilishni bilmayapman. Bunga chora qanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Do‘stingiz haqqiga duo qilishda bardavom bo‘ling. Qo‘lingizdan kelgancha uni gunoh ishlardan qaytaring. Agar baribir bu ishlardan tiyilmasa, o‘nglanishidan umid qolmasa, tark qilishingiz joiz. Alloh taolo "Zuxruf" surasida marhamat qiladi: الْأَخِلَّاء يَوْمَئِذٍ بَعْضُهُمْ لِبَعْضٍ عَدُوٌّ إِلَّا الْمُتَّقِينَ67. O‘sha Kunda taqvodorlardan boshqa do‘stlar bir-birlariga dushmandir.
Qiyomat kuni hamma o‘z oqibatini bilgach, garchi bu dunyoda o‘zaro yaqin do‘st bo‘lsa ham, bir-biriga dushmanga aylanadi. Chunki u dunyoda bir-birlarini turli amallarga undagan do‘stlarning do‘zaxga tushib, jazo tortishlari aniq ma’lum bo‘lib qoladi. Ana o‘shanda yomon bilan do‘st bo‘lganiga afsuslanib, do‘stlar do‘stini yoqtirmay qo‘yadi. Do‘stlar dushmanga aylanadi. Bir-biriga malomat qilib, «Seni deb shunday bo‘ldi», deyishga o‘tadi.
Faqat taqvodor do‘stlarning oqibati xayrlidir. Chunki ularning do‘stligi Alloh uchun, taqvo asosiga qurilgan edi. U do‘stlar doimo yaxshi amallarni qilgan bo‘ladilar. Shuning uchun qiyomat kuni birga jannatga tushadilar va do‘stliklari yana ham ortadi. Hamda ularga quyidagicha nido qilinadi: يَا عِبَادِ لَا خَوْفٌ عَلَيْكُمُ الْيَوْمَ وَلَا أَنتُمْ تَحْزَنُونَ الَّذِينَ آمَنُوا بِآيَاتِنَا وَكَانُوا مُسْلِمِينَ ادْخُلُوا الْجَنَّةَ أَنتُمْ وَأَزْوَاجُكُمْ تُحْبَرُونَ68. Ey bandalarim! Bugungi Kunda sizga xavf yo‘q va mahzun ham bo‘lmassiz.
69. Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon bo‘lganlar!
70. Jannatga kiringlar, sizlar va juftlaringiz shod bo‘lursizlar.
Naqadar katta baxt, naqadar ulug‘ in’om! Bu dunyoda do‘st bo‘lib o‘tgan kofir, munofiq va osiylar bir-biriga dushmanga aylanib, xusumatlashib turgan bir paytda, taqvodor mo‘min-musulmonlarga Alloh taoloning O‘zi:
«Ey bandalarim!» deb xitob qilib tursa! Alloh bandam, degan insondan ham baxtli odam bormi?!
«Bugungi Kunda sizga xavf yo‘q...»
Bugungi dahshatli va hammani xavfu xatarga solgan qiyomat kunida sizga hech qanday xavf yo‘q. Siz omondasiz. Kelajagingiz baxt-saodatga to‘la.
«...va mahzun ham bo‘lmassiz».
O‘tgan ishlarni o‘ylab, ko‘nglingiz xira ham bo‘lmasin. Zero, u dunyoda taqvo bilan o‘tgansiz.
Ey bandalarim!
«Oyatlarimizga iymon keltirganlar va musulmon bo‘lganlar! Jannatga kiringlar...»
U dunyodagi iymoningiz va ibodatingiz mukofotiga sizga jannat tayyorlab qo‘yilgan. U jannatda
«...sizlar va juftlaringiz shod bo‘lursizlar».
Chunki jannatda faqat shodlik keltiruvchi ne’matlar bor. ("Tafsiri Hilol" kitobidan). Vallohu a’lam!
13 May 2022, 21:41 | Savol-javoblar | 140 | Dolzarb savollar