Detalizatsiya

Assalomu alaykum! Men aloqa xizmatida ishlayman. Bizga bazida biror kishini xotini yoki biror ayolni eri kelib Telefonda kim bilan gaplashgani tekshirtiradi (detalizatsiya). Ishimiz qonuniy bo‘ladi. Masalan biror ayolni eri kelib detalizatsiya qilib bering deb surasa Biz sim karta kimniki bo‘lsa shu kishi kelishini so‘raymiz Ayolini olib kelgandan keyin Ayoli yoki eri Oilamni saqlab qolish uchun kim bilan gaplashganini o‘chirib berishini Chiqarib bermasligimizni so‘raydi Biz arosatda qolamiz Keyin bazida o‘z manfaatimizni o‘ylab emas Shu insonlarni oilasini saqlab qolaylik deb o‘chirib xam beramiz va xar doimgi xizmat haqqimizni olamiz (5000 sum) Xozirgi vaqtda bunday insonlar ko‘payib ketdi. Savolim Biz o‘chirib berib gunox qilyabmizmi Chunki noto‘g‘ri guvohlik berish yolg‘on guvohlik berish gunoh ekanligini bilman Lekin yaxshilik yo‘lida yolg‘on gapirish mumkin deb ham eshitganman Xozir biz qaysi yo‘ldamiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Holatingizni biz bilmaymiz. Yolg‘on va hiyladan saqlaning. Vallohu a’lam!

22 Iyul 2022, 13:53 | Savol-javoblar | 154 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar