Boshdan aylantirib sadaqa qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, bir masalada oydinlik kiritib berishingizni istardim. Qaynotam har juma kuni nabiralari boshi qo‘l oyoqlarida pulni aylantirib senga kelgan balo qazolar kasalliklar mana shu pulga ursin deb so‘ng u pulni masjid qutisiga tashlaydilar. Mana shunday qilsa bo‘ladimi buni hukmi huddi tumor taqqanning hukmiday bo‘lib qolmaydimi yani farzandlarimizni mana shu ehson qilinayotgan pullar saqlayapti degan mano bo‘lmaydimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Vaalaykum assalom! Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning “Sadaqa baloni qaytaradi va umrni ziyoda qiladi” degan hadislari bor. Sadaqa qilish dinimizda targ‘ib qilingan, ammo o‘sha aylantirish noto‘g‘ri. Masjid qutisiga solish ham to‘g‘ri ish emas. Masjid qutisiga masjid uchun ishlatilsin deb hadya beriladi. O‘sha bergan puli masjidning qaysidir bir joyiga ishlatilsa beruvchi nomidan sadaqi joriya bo‘lib, to‘xtamasdan savobi yozilib turiladi. Buning uchun xuddi namoz va ro‘za tutilganidek niyatni xolis va go‘zal qilib, riyo-sum’adan ehtiyot qilib ado qilish kerak. Tushdan qo‘rqqan, erdan topib olingan va shu kabi sadaqotlarni masjidga ishlatilmaydi, balki faqir-miskinlarga beriladi. Vallohu a’lam!
26 May 2022, 04:57 | Savol-javoblar | 155 | Bola tarbiyasi