Dalolat qiluvchi

Assalomu alaykum! Insonning jamiyat uchun foydali ishlarni qilishga moliyaviy tomondan imkoniyati yo‘q bo‘lsa, shu ishni biror tanishiga aytib, unga bajartirsa, shu insonga ham ajr savob bo‘ladimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom!عَنْ أَبِي مَسْعُودٍ الْأَنْصَارِيِّ  رضي الله عنه قَالَ: جَاءَ رَجُلٌ إِلَى النَّبِيِّ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَقَالَ: يَا رَسُولَ اللهِ، إِنِّي أُبْدِعَ بِي فَاحْمِلْنِي، قَالَ: لَا أَجِدُ مَا أَحْمِلُكَ عَلَيْهِ وَلَكِنِ ائْتِ فُلَانًا فَلَعَلَّهُ أَنْ يَحْمِلَكَ، فَأَتَاهُ فَحَمَلَهُ، فَأَتَى النَّبِىَّ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم فَأَخْبَرَهُ، فَقَالَ رَسُولُ اللهِ  صَلَي الله عَلَيْهِ وَسَلَّم: مَنْ دَلَّ عَلَى خَيْرٍ فَلَهُ مِثْلُ أَجْرِ فَاعِلِهِ. رَوَاهُ الْأَرْبَعَةُ. وَاللهُ تَعَالَى أَعْلَمُ Abu Mas’ud al-Ansoriy roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:«Bir kishi Rasululloh sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib:«Ey Allohning Rasuli! Yo‘lim kesildi, meni mindiring», dedi.«Menda seni mindiradigan narsa yo‘q. Lekin falonchining oldiga bor. Ehtimol, u seni mindirar», dedilar.Bas, uning oldiga bordi. U unga mingani narsa berdi. Bas, u Nabiy sollallohu alayhi vasallamning huzurlariga kelib, xabarni aytdi. Shunda Rasululloh sollallohu alayhi vasallam:«Kim yaxshilikka dalolat qilsa, unga o‘shani qiluvchining mislicha ajr bor», dedilar».To‘rtovlari rivoyat qilganlar. Alloh taolo bilguvchiroqdir.Sharh: Payg‘ambar sollallohu alayhi vasallamdan ulov so‘ragan sahobiyning ismlari Uqba ibn Amr roziyallohu anhu ekan. Bu hadisi sharif yaxshilik bobida katta qoidadir. Kim bir yaxshilikka dalolat qilib, odamlarni o‘sha ishga targ‘ib etsa, o‘rgatsa, o‘sha yaxshilikni qilgan qancha savob olsa, unga dalolat etgan ham shuncha savob olar ekan. Ulamo ahli «Ustozlar, murshidlar, ulamo va mualliflar bu borada peshqadam kishilardir. Ulardan ta’lim va ma’lumot olganlar qilgan yaxshiliklari uchun qancha savob olsalar, ular ham shuncha savob oladilar», deganlar. (“Hadis va Hayot” kitobidan). Vallohu a’lam!

26 May 2022, 13:12 | Savol-javoblar | 171 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar