Shialar bilan juma namozlarini o‘qish
Assalomu alaykum! Men yaqinda xizmat safari bilan Eron islom respublikasiga jo‘nab ketishim kerak. U erda tahminan 1,5 oycha bo‘laman. Savolim juma va boshqa namozlarni ular bilan o‘qisam bo‘ladimi? Ular malumki shialar?
2). Savolim men yuk avtomabilini boshqarib boraman yo‘lda namozni qasr o‘qimasdan ilojini topib, to‘liq o‘qisam ham bo‘laveradimi?
3). Agar kishining qazo namozlari ko‘p bo‘lsa sunnat o‘rniga qazo farzlarini o‘qisa bo‘laveradimi? Iternet tarmoqlaridan rus tilidagilaridan joiz degan fatvoni o‘qidim, lekin u insonlarni kim qaysi mazhabligini bilmasdan sizlardan aniqlik so‘ramoqchi edim.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 1). Joiz emas. Sunniylar masjidida o‘qing. 2). Musofir hozirgi kunda 86 km ni qasd qilib yo‘lga chiqsa Alloh unga tuhfa tarzida qasr qilishni bergan. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: عَنْ يَعْلَى بْنِ أُمَيَّةَ رَضِي اللهُ عَنْهُ قَالَ: قُلْتُ لِعُمَرَ بْنِ الْخَطَّابِ: فَلَيْسَ عَلَيْكُمْ جُنَاحٌ أَن تَقْصُرُواْ مِنَ الصَّلاَةِ إِنْ خِفْتُمْ أَن يَفْتِنَكُمُ الَّذِينَ كَفَرُواْ فَقَدْ أَمِنَ النَّاسُ؟ فَقَالَ: عَجِبْتُ مِمَّا عَجِبْتَ مِنْهُ فَسَأَلْتُ رَسُولَ اللهِ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ عَنْ ذَلِكَ، فَقَالَ: صَدَقَةٌ تَصَدَّقَ اللهُ بِهَا عَلَيْكُمْ، فَاقْبَلُوا صَدَقَتَهُ. رَوَاهُ الْخَمْسَةُ إِلَّا الْبُخَارِيَّ Ya’lo ibn Umayya roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: «Men Umar ibn Xattobga: «Sizlarga namozni qasr qilishda gunoh yo‘qdir. Agar kufr keltirganlar sizga fitna qilishidan qo‘rqsangiz», deyilgan. Batahqiq, odamlar emin bo‘ldilar?!» dedim. «Men ham sen ajablangan narsadan ajablanib, u haqda Rasululloh sollallohu alayhi vasallamdan so‘radim. U zot sollallohu alayhi vasallam: «Bu Alloh taolo sizga qilgan bir sadaqadir. Bas, Uning sadaqasini qabul qiling», dedilar», dedi». Beshovlaridan faqat Buxoriy rivoyat qilmagan. ("Hadis va Hayot" kitobidan) 3). Sunnat namozlari muakkada namoz bo‘lib, vojibga yaqin. Ularni tark qilish gunoh. Mabodo yoshi keksayib ko‘p namoz o‘qishga ham kuchi etmay qolgan qazolari ham ko‘p bo‘lsa, boshqa narsa. Vallohu a’lam!
28 Aprel 2022, 19:00 | Savol-javoblar | 174 | Ibodatlar