Ish kiyimida namoz o‘qish

Assalomu alaykum! Men Rossiya davlatida qurilishda ishlayman peshin asr shom namozlari ish vaqtimizga to‘g‘ri keladi. Ish kiyimlarim najosat tegmagan lekin toza emas. Shu kiyimda namoz o‘qiyman, o‘qigan namozimdan ko‘nglim to‘lmaydi va yotoq joyimizga kelib peshin asr shom namozlarimni qazo deb boshqattan o‘qiyman. Shu ishim to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Ish kiyimiga najosat tegmagan bo‘lsa namoz durust bo‘ladi. Qazosini o‘qish shart emas. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 153 | Namoz
|
Boshqa savol-javoblar