Kimgadir ovoz berish mumkinmi?

Assalomu alaykum! Bir telegram guruxda Muazzinlar bellashuvi tanlovi o‘tkazilayotganligi sababli qaysi muazzinga ovoz berasiz deb 4 ta muazzinning ism familiyasi so‘rov sifatida qo‘yilgan. Savolim shuki, shu 4 ta muazzindan birini eshitib, tanib yurganligimiz uchun ovoz bersak qolgan 3 ta muazzinga ovoz bermasak yolg‘on guvoxlik bo‘lib qolmaydimi? Islomda uzi ovoz berishlik xukmi kanday?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! To‘rtta nomzod bo‘lsa hammasini eshitib keyin falonchi yaxshi deb ovoz berish kerak. Ovoz beruvchi ovoz berishi uchun ilmi ham bo‘lishi kerak. Bekorga hakam degan nom va ularnin ilmiy saviyasi hamma vanlarda belgilab qo‘yilmagan. Shu diniy mavzuga kelganda hamma aralashib nafsi havosi bilan gap aytib ovoz berishi juda xatarli holat. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 134 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar