Savdo qilish
Assalomu alaykum! Hurmatli ustozlar, man odamlarga “sizga shu narsa kerakmi, kerak bo‘lsa arzonga olib keltirib beraman” deb aytaman va kerak desa man u narsani narxini surishtiraman. Bilganimdan keyin ustiga o‘zimni foydamni qo‘yaman. Misol uchun 5 so‘m bo‘lsa 6 so‘m deyman, keyin u odamga 6 so‘mga opkebberaman deyman. Ustiga ortiqcha pul qo‘yganimi u odamga aytaman va rozi bo‘lsa 6 so‘m beradi. Ba’zan qancha qo‘yganimi aytmayman, o‘zi rozi bo‘ladi. U odamni pulini olib o‘sha pulga olib kelaman. Shu joizmi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Siz bu o‘rinda shar’an kim ekanligingizni aniqlab oling. Naqdga sotib olishga pulingiz bo‘lmasa nasiyaga olib naqdga sotishingiz mumkin. Bunda qanchaga olganingizni aytishingiz shart emas. Agar sotuvchiga vakil bo‘lsangiz sotuvchiga “shu narsani menga 6 so‘mdan bering, 1 so‘mi ish haqim sizga 5 so‘mdan beraman” desangiz bo‘ladi. Yoki oluvchiga vakil bo‘lib, 6 so‘mdan olaman 5 so‘m sizniki 1 so‘mi xizmat haqim deyishingiz mumkin. Narxini aytolmasligingiz ko‘pincha ortiqcha narx qo‘yganligingiz tufayli bo‘ladi. Bu esa shar’an g‘arar, ya’ni bir jihatdan aldov bo‘ladi. Vallohu a’lam!
30 Aprel 2022, 04:29 | Savol-javoblar | 153 | Halol va harom