Ishda amaliyotchilar uchun oylik to‘lash

Assalomu alaykum! Ba’zi ish xonalarda yangi ishga kelganlar 1oydan 3oygacha, ba’zida undan ham ko‘proq amaliyot o‘tashadi va bu amaliyotdagi ishlariga ish haqqi to‘lanmaydi (lekin, ular qilgan ishlari korxonaning foydasiga ishlaydi). Hatto, eb-ichishi va yo‘lkirasigacha o‘z oldilaridan to‘lashadi. Shariatimiz tomonidan bunga qanday qaraladi? va ish beruvchining bu tutgan yo‘li to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Korxona ularni ishidan foydalansa albatta xizmat haqini berishi kerak. O‘sha yangi xodimlar bilan kelishib, avvalgi bir-ikki oy uchun oylik maoshini kamroq qilib belgilasa bo‘ladi. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:36 | Savol-javoblar | 133 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar