G‘azzoliyning kitobidan tushunmaganim

Assalomu alaykum! 1). Men institutda iqtisodiyot yonalishida o‘qiyman lekin diniy ilm olib dunyoga aldanmasdan ahli solih kishilardan bo‘lmoqchiman. Men kelajakda shu iqtisodiyot sohasi bo‘yicha ishlab ham olimlar, obidlar darajasiga chiqa olamanmi va buning uchun nimalarga etibor berishim kerak? 2). Imomi g‘azzoliy o‘zini "Dunyoni anglash" kitobida mol mulkni Alloh yo‘lida sarflayman deb topishni qoralab "bu o‘y fikr shaytonning hiylasi Abdurahmon ibn Avf ham boy bo‘lgani uchun jannatga emaklab kiradi sen baribir u zotday bo‘lolmaysan" degan manoda bir necha hadislar bilan isbotlanib berilgan. Lekin G‘azzoliyning "Qiyomat va Oxirat" kitobida tarjimon qavs ichiga shunday jumlalar yozilgan: Isodan (a.s.) o‘rnak olinglarki, dunyoda hech narsaga ega bo‘lmadi. Bitta jun jubbani yigirma yil kiydi. Sayoxatga chiqqanda bitta piyolasi, bitta eski gilamchasi va bitta tarog‘i bor edi. Bir kuni bir odamning qo‘li bilan suv ichayotganini ko‘rib, piyolasini tashladi. Bir kuni esa bir odamning qo‘li bilan soqolini tarayotganini ko‘rib, tarog‘ini ham tashladi. Va shunday dedi: "Mening ulovim oyog‘imdir. Uyim g‘orlardir. Taomim o‘simliklardir. Sharbatim ariq suvlaridir" (Ammo islom dini unday din emas. Halol pul ishlab topish ibodatdir. Ko‘p ishlab ko‘p topish va topganini islomda buyurilgan joylarga sarflash lozimdir. "Ramuzul ahodis"dagi bir hadisda shunday deyiladi: "Ashobim uchun faqir bo‘lishlik saodatdir. Oxir zamonda keladigan ummatim uchun boy bo‘lish saodatdir". Biz hozir oxir zamonda yashayapmiz. Ko‘p gunoh qilguvchilar, fitna chiqaruvchilar, ibodatlariga bid’at arashatiruvchilar ko‘paygan paytda yashayapmiz. Bu zamonda halolni, haromni, bid’atlarni kufrga sabab bo‘lgan narsalarni o‘rganish, ularga amal qilish va halol yo‘l bilan topib, boy bo‘lish buyuk ibodatdir. Topganlari bilan faqirlarga va ahli sunnat ilmlarini yoyuvchi musulmonlarga yordam berish buyuk saodatdir. Bu saodatga erishganlar qanday baxtlidirlar!).  Shu ikki gaplarni izohlab bersangiz?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! 1). Insonga uchta ne’mat beriladi. Umr, boylik va iste’dod. Har biridan to‘g‘ri foydalansangiz olim va obid darajasiga albatta erishasiz. 2). Bu din dushmanlarining ishi. Boyliksiz na din va na dunyo rivojlanadi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam huzurlariga faqir kishilar kelishib, “Boylar bizdan hamma tomonda oldinga o‘tib ketishdi” deb shikoyat qilib kelishdi. Rasululloh sollallohu alayhi vasallam ularga namozdan keyin tasbehlarni aytishni ta’lim berdilar. Faqirlar xursand bo‘lib ketishdi, so‘ng yana qaytib kelishib “Uni boylar ham o‘rganib olishdi” deyishgan edi, “Bu Allohning fazli, xohlaganiga beradi” dedilar. Hozirgi kunda musulmonlar boy bo‘lishi va o‘zgalarni ham boy qilishga harakat qilishlari kerak. Vallohu a’lam!

5 May 2022, 17:19 | Savol-javoblar | 163 | Turli savollar
|
Boshqa savol-javoblar