fatvo va taqvo

Assalamu alaykum, ustoz. Ilmimiz ozligi uchun bir masala hususida gap ko‘payib ketdi. aniqrog‘i fuqaholarning ,,Hohlaganlar fatvoga amal qilsin, taqvo qilaman deganlar taqvo qilsin, mazmunidagi gap hususida. Nima, fatvoga amal qilish taqvoga aloqador emasmi?, yoki taqvo qilmasa ham bo‘larkanmi? kabi tuwunmovchiliklar. Ozgina o‘zingiz izoh berib o‘tsangiz. Agar arzirli masala bo‘lmasa ming bor uzur.
Shayx Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf rohimahulloh:
- Bu gap katta ulamolar ikki xil gap qilgan masalalarda aytiladi. Ba’zilari falon ishni qilgan yaxshi desa, boshqalari qilmagan yaxshi deyishadi. Misol uchun birlari qarz beruvchi qarzdorning marosimiga bormagani ma’qul, yana riboga kirib qolmasin, desa, boshqalari, borsa bo‘laveradi, deyishadi. Shunda qarzdoning marosimiga borgan fatvo yo‘lini, bormagan taqvo yo‘lini tutgan bo‘ladi. Bunda siz aralashtirib yuborgan taqvoning umumiy ma’nosi aralashmaydi.

3 May 2022, 22:26 | Savol-javoblar | 159 | Dolzarb savollar
|
Boshqa savol-javoblar