Iste’mol kredit
Assalomu alaykum! Hurmatli “Zikr ahlidan so‘rang hay’ati” a’zlolari, Alloh taolo shayx Hazratlarini O‘zining jannat ne’matlari bilan mukofotlasin. Savolim: Men ishlaydigan magazinda iste’mol krediti bo‘lib, unda «Bank magazin bilan shartnoma qilib, magazinning hisob raqamiga ma’lum miqdorda pul o‘tkazib, ma’lum tovarlarni sotib oladi va uning ustiga bir yildan uch yilgacha ustiga kerakli summa foydasini qo‘yib, xaridorga beradi. Xaridor uni belgilangan muddatda pulini to‘lab yuradi. Mana shu holat shariatga zid emasmi? Savolim noo‘rin bo‘lsa oldindan uzr so‘rayman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! Aslida bunday qilishning noshar’iy joyi yo‘q. Lekin bankning vaqtida to‘lay olmagan qarziga ustama olishining shart qilishi bu bay’ni buzadi. Vallohu a’lam!
1 May 2022, 21:36 | Savol-javoblar | 155 | Moliya va tijorat