Sport o‘yini

Assalomu alaykum! Ustoz qilayotgan ishlaringizdan Alloh rozi bo‘lsin. Men futboll sport turi bilan shug‘ullanaman. Ba’zan raqib jamoa bilan do‘stlarimiz o‘zaro kelishib yutqazgan jamoa zal pulini to‘lash uchun o‘ynaymiz. Bu ishimiz to‘g‘rimi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! To‘g‘ri emas. Ikki yoki undan ko‘p tomon pul tikib, oqibatda birining foydasiga bo‘ladigan har bir holat qimordir. Agar shu qoidaga tushsa, joiz emas. Turli o‘yinlardagi yutqazgan pulini to‘lash ham qimordir. Vallohu a’lam!

26 May 2022, 07:36 | Savol-javoblar | 143 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar