Javobizi berdim va 3 taloq qildim degan

Assalomu alaykum! Kelinning otasi javobini bering deganda kuyov jahli chiqib birinchi gapi javobizi berdim va 3 taloq qildim degan bo‘lsa keyin oradan 3-4 hafta o‘tib yarashib qoridan qayta shariy nikohdan o‘tigan bo‘lsa, bu to‘g‘rimi va bu halolmi? Shu nikohdan o‘tilib yashab yurgan bo‘lsa qori aka nikoh qildi sabablarini yaxshi o‘rganib keyin nikoh o‘qib qoydi ilojisini qilib deb (Qozihonadan o‘tilgan nikoh) shunday yashab yurilsa, buning oqibatlari nima bo‘ladi? Shu fikrda yashab yursachi?
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Yozganlaringizga qaraganda ayolga uch taloq tushgan. Uch taloqdan keyin yashashga yo‘l yo‘q. Ammo masalaning siz yozmagan, bayon qilmagan, e’tibor qaratmagan jihatlari ham bo‘lishi, yoki umuman xato ma’lumot etkazayotgan bo‘lishingiz ehtimoldan xoli emas. Biz yozganingizga ko‘ra hukm aytdik. Vaziyatni aniqlashtirish uchun o‘zingizga yaqin erdagi ahli ilmga murojaat qiling. Vallohu a’lam!

13 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 154 | Halol va harom
|
Boshqa savol-javoblar