Uyda yoki Masjidda
Assalomu alaykum! "Kim muazzining namozga nido qilganini eshitsayu, lekin unga qo‘shilmasa" hadisiga binoan savol bermoqchi edim. Bu hadisga ko‘ra inson xavf ostida yoki bemor bo‘lmasa namozni masjidda jamoat bilan o‘qishi kerak (noto‘g‘ri aytgan bo‘lsam uzr). 1).Savolim shuki, bu hadisda "jamoat"ga urg‘u berilganmi yoki"masjid"ga urg‘u berilganmi? Chunki masjidga kirganimizda jamoatdan keyingi vaqtda kirgan paytimiz ham bo‘ladi. U holda namozni yo‘lg‘iz o‘qiymiz. Bu holat ham yuqoridagi hadisga xilof bo‘ladimi? Izlash xizmatidagi savollarning ba’zilarida "Masjidga bormaslikka uzr bo‘lolmaydi" degan javoblarni o‘qidim. Ba’zi so‘rovchilar ishda namoz o‘qish haqida so‘ragan va toza kiyimda va najosat tegmagan joy bo‘lishi kerak degan javoblar berilgan (xato aytgan bo‘lsam uzr so‘rayman). 2) Mening ishda va o‘qishda ko‘p vaqtim o‘tadi va ko‘pincha masjidga namozning oxirgi vaqtlarida etib boraman. Albatta yolg‘iz namoz o‘qiyman va bu hadisga xilof bo‘ladimi yoki yo‘qmi so‘ramoqchi edim. Uyim masjidning azoni eshitilmaydigan darajada uzoqda (transport yo‘q kamida 45 minutlar yurish kerak). 3) Shu holatda Bomdod va Xufton namozlarni ham masjidda o‘qishim kerakmi? Uyda jamoat bo‘lib o‘qishni xohlayman, ammo mendan boshqa hech kim namoz o‘qimaydi. Iltimos shu 3 ta savolimga javob bersangiz. Haqiqatni topa olmayapman.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
– Va alaykum assalom! Hadisda quyidagicha keladi:عَنِ ابْنِ عَبَّاس رَضِي اللهُ عَنْهُ، عَنِ النَّبِيِّ صَلَّى اللهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ قَالَ: مَنْ سَمِعَ الْمُنَادِيَ فَلَمْ يَمْنَعْهُ مِنِ اتِّبَاعِهِ عُذْرٌ لَمْ تُقْبَلْ مِنْهُ الصَّلَاةُ الَّتِي صَلَّى، قَالُوا: وَمَا الْعُذْرُ؟ قَالَ: خَوْفٌ أَوْ مَرَضٌ. رَوَاهُ أَبُو دَاوُدَ وَابْنُ مَاجَهْ Ibn Abbos roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi:
«Nabiy sollallohu alayhi vasallam:
«Kim nido qiluvchi, ya’ni muazzinni eshitsa-yu, unga ergashishga uzr mone’lik qilmasdan (namozga kelmasa) o‘qigan namozi qabul bo‘lmaydi», dedilar».
«Uzr nimadir?» deyildi.
«Xavf va bemorlik», dedilar».
Abu Dovud va Ibn Moja rivoyat qilganlar.
Ushbu hadisi sharifdagi “qabul bo‘lmaydi” lafzi “mukammal holatda qabul bo‘lmaydi” deganidir. Ya’ni, biror uzrsiz jamoat bilan masjidda ado qilinmagan namoz mukammal holatda qabul bo‘lmaydi. Farz ado bo‘ladi, ammo sunnati muakkadaning savobidan mahrum bo‘ladi. Vallohu a’lam!
13 May 2022, 22:59 | Savol-javoblar | 142 | Namoz