Chegirma haqida

Assalomu alaykum! Hurmatli Ustozlar, g‘arbliklarda yangi yil bayrami kirib kelishi bilan chegirmalar mavsumi boshlanadi. Maxsulotlar 90% gacha chegirma qilinadi. Ular bunday chegirmalar orqali boshqa mavsumlardan ko‘ra ko‘proq foyda olishadi. G‘arbliklar har qanday diniy va milliy bayramlarida chegirmalar qilishadi. Bizda esa Ramazon oyi kirib kelishi bilan bozorlarda hamma narsaning narxi oshib ketadi. Boshqa bayramlarda ham narxlarning oshishi odatiy holga aylangan. Sotuvchilarni bunday qilishlari joizmi? Axir biz "baraka" haqida g‘arbliklar ko‘ra yaxshi bilamizku?! Javobingiz uchun rahmat.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
- Va alaykum assalom! Shu maqsadni o‘ylab “Savdogarga nasihat” degan maqola qilganmiz. Quyidagi linkdan o‘qiysiz. https://islom.uz/view/savdogarga-nasihat

27 Iyul 2022, 16:44 | Savol-javoblar | 168 | Moliya va tijorat
|
Boshqa savol-javoblar