Homila tushib qolsa
Assalomu alaykum! Umringiz, rizqingiz va ilmingiz ziyoda bo‘lsin. Xomila 1 oylikda tushib qolsa, xomila to‘liq tushguncha vaqt ketsa, shu vaqt ichida qon ketib tursa va keyinchalik 3-4 kunda to‘liq xomila tushib qon xam to‘xtasa, namoz o‘qish va eri bilan yaqinlik qilish uchun xuddi 9 oylik chaqaloq dunyoga keltirgani singari 40 kun kutiladimi yoki qondan toza bo‘lganiga ishonch xosil bo‘lgandan keyin bo‘ldimi? Javob uchun oldindan rahmat Alloh sizu bizdan rozi bo‘lsin.
«Zikr ahlidan so‘rang» hay’ati:
Va alaykum assalom! 40 kun kutilmaydi. Qon to‘xtashi bilan g‘usl qilib namoz, ro‘za va erga yaqinlik boshlanaveradi. Mabodo tushgandan boshlab 10 kun ichida to‘xtasa hammasi hayz, 10 kundan oshib ketsa homiladan avvalgi odati kunicha hayz, qolganlarni istehoza bo‘lib, qoldirilgan namozlarni qazolarini o‘qish shart bo‘ladi. Vallohu a’lam!
27 Aprel 2022, 14:57 | Savol-javoblar | 157 | Oila va turmush